Qayd etilishicha, farzandini maktabga yubormasdan uy yumushlarini qildirib kelgani uchun ona hudud profilaktika inspektori tomonidan jarimaga tortilgan. Biroq farzandi taʼlimiga befarq ona maʼmuriy jarimani oʻz vaqtida toʻlamagan.
Majburiy ijro byuro xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishdan soʻng, ayol farzandini maktabga yubormaganligi uchun qoʻllanilgan 375 000 soʻm jarimani toʻladi.
Eslatib oʻtamiz, qonunchilikka koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 375 ming soʻmdan 1 mln 875 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.