Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas, — Saida Mirziyoyeva

    Mamlakatimizda 11 Aprel 2025 1048

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistondagi yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflarni eshitdi.

    “Ayniqsa, bolalar uchun oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va taʼlimiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan “Donocha“ kabi loyihalarni qoʻllab-quvvatlayman. Ularni yanada rivojlantirish kerak“, — deydi Saida Mirziyoyeva.

    Albatta, bolalar adabiyotining, milliy ertaklarimizning ham oʻrni juda muhim.

    "Shu maqsadda, kecha Oʻzbekistondagi yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflarini eshitdim“, — deb yozadi oʻzining Telegram kanalida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.