Farzona Fozilova kumush medal sohibasi

    Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan XIII “Balkan” xalqaro turniri mamlakatimiz sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

    Mazkur nufuzli musobaqada elshod Rasulov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medaliga musharraf bo'lib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.

    E'tiborlisi, ushbu musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi safida Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi Farzona Fozilovaning ham ishtirok etganligi o'ziga xos voqelik bo'ldi.

    Musobaqaning final bosqichiga qadar etib borgan Farzona oltin medal` ostonasida mezbon bokschiga qarshi ringga ko'tarildi va teng kurashlar ostida kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo'ydi.