Holat boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mutaxassislari tomonidan respublikadagi mahobatli bezak sanʼatining naʼmunalarini saqlab qolish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.
Maʼlum boʻlishicha, poytaxt boʻylab oʻrganish ishlari natijasida 150 dan ziyod binolarning fasad qismida tarixiy-badiiy ahamiyatga ega mozaikalar aniqlangan va hozirda ularni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashiga Toshkent shahridagi koʻp qavatli binolardagi mahobatli sanʼat asarlarini madaniy meros obyektlari sifatida belgilash uchun loyihalar kiritilgan boʻlib, olimlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Taʼkidlanishicha, mazaikalar madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgach, Ilmiy-ekspert kengashi xulosasiga asosan sanʼat asarlariga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻriladi.