Fathulla Masʼudov vafot etdi

    Tashvishli xabar 31 Avgust 2020 2688

    O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 57 yoshida olamdan o‘tdi.

    Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

    Marhum soʻnggi haftalar davomida koronavirusdan davolanayotgandi. U koronavirusning ogʻir formasini boshdan kechirgan.

    Fathulla Masʼudov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon Oʻzbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor boʻlgan, 2003-yili “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.