“Al-Axbar al-masaiy” gazetasi muxbiri sifatida Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Prezidentlik saylovi jarayonini yoritishga keldim. Saylovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun saylov uchastkalarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilganing guvohi boʻldim.

Mamlakat fuqarolari muhim siyosiy jarayonga faol ishtirok etib, oʻzlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishmoqda. Saylov jarayoni shaffof tarzda yoritilmoqda. Mazkur siyosiy jarayon bilan bogʻliq tadbirlar, brifinglar haqidagi yangiliklar tezkor tarzda berib borilmoqda.

Unda nafaqat mahalliy, balki xorijiy OAV vakillari ishtirok etib, jarayonlarni yoritmoqda. Oʻzbekistonda saylov jarayonidagi eʼtiborimni tortgan jihat shundaki, unda fuqarolar oilaviy saylov uchastkalariga borib, siyosiy jarayonda faol ishtirok etmoqda. Bu ularning yurt kelajagiga befarq emasligini, faol fuqarolik pozitsiyaga ega ekanidan dalolat.