Favqulodda vaziyatlar vaziriga yana bir o'rinbosar tayinlandi

    Qodirov Nuriddin Bahriddinovich Favqulodda vaziyatlar vazirining o'rinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

    Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

    Qodirov Nuriddin Bahriddinovich Mudofaa vazirligi tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan bo'lib, tayinlovga qadar Markaziy harbiy okrugi qo'shinlari qo'mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.