Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

    Tayinlovga qadar Sotiyev Xurshid Toʻlqinboyevich Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, tayinlovga qadar FVV Shtab boshligʻining oʻrinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.