Fazliddin Erkinboyev jahon chempionligini qoʻlga kiritdi

    Sport 14 Sentabr 2025 688

    Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medaliga sazovor boʻldi.

    -75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan gʻalabaga erishib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.

    Final:

    -75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kivan Rami (Bolgariya) 5:0

    Shuningdek, kun davomida ringga koʻtarilgan yana uch nafar bokschimiz final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

    Yarim finallar:

    -48 kg: Sabina Boboqulova — Nazim Kizaybay (Qozogʻiston) 1:4

    -65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi

    -80 kg: Javohir Ummataliyev — Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0

    -51 kg: Feruza Kazakova — Buse Naz Chakiroglu (Turkiya) 1:4

    -70 kg: Aziza Zokirova — Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 0:5

    -85 kg: Akmaljon Isroilov — Mixail Fares (Avstriya) 5:0