Charm qo'lqop ustamiz 5 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Butaevga qarshi ringga ko'tariladi. Butaev 2021-2022 yillar oralig'ida WBA yo'nalishi chempioni bo'lgan. Ayni paytda u WBA reytingida 4-o'rinni egallab turibdi.
Ma'lumot uchun, Rajab Butayev hamyurtlarimiz Shahram G'iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimovning jamoadoshi hisoblanadi. Hisobida 14 g'alaba (11 nokaut) va 1 mag'lubiyat bor. Yagona mag'lubiyatini o'tgan yilning 16 aprel kuni o'tkazgan ilk himoya jangida litvalik Eymantas Stanyonisdan qabul qilib olgan.
32 yoshli Fazliddin G'oibnazarov prof boksda 11 g'alaba (6 nokaut) va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini 2019 yilda Maykl Foksdan qabul qilib olgan. 2022-yilning 2-dekbar kuni "Humo Arena"da yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Bu uning hozircha so'nggi jangi bo'lib turibdi.
Qiziq bir ma'lumot, Fazliddin Butayevga qarshi jang o'tkazgan uchinchi o'zbek bokschisi bo'ladi. Bunga qadar Rajab 2017-yilda bokschilarimiz SHerzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.