Fazliddin Gʻoibnazarov Rossiyada jang qiladi

    Sport 27 Oktabr 2020 1523

    Boks boʻyicha XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, hozirda professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq boʻldi.

    Tajribali bokschimiz oʻzining professional ringdagi oʻninchi jangini 5-dekabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mezbonlar vakili professional boksda 11 marotaba ringga tushib, ularning 10 tasida gʻalaba qozongan va bir marta durang qayd etgan Igor Adleybaga qarshi oʻtkazadi.

    Fazliddin bugunga qadar oʻtkazgan 9 jangining 8 tasida gʻalaba qozongan boʻlsa, bittasida ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qoʻygan. Bokschimiz soʻnggi jangini 2019-yilning 12-dekabr kuni Qozogʻistonda Vladislav Baranovga qarshi oʻtkazib, nokaut bilan gʻalabaga erishgan edi.