Fazliddin Umarov Samarqand shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida viloyat hokimining shahar hokimini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi.

    Sessiyada Samarqand shahar hokimi lavozimiga nomzod Umarov Fazliddin Karimovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturi taqdimot qilindi.

    Unda deputatlar tomonidan Samarqand shahar hokimi lavozimiga Umarov Fazliddin Karimovich nomzodi tasdiqlandi.