Xitoyning Chang'e-6 fazoviy qurilmasi 2-iyun, yakshanba kuni Oyning narigi tomoniga qo'ndi. Bu missiya insoniyat tarixida birinchisi bo'ldi, deya xabar beradi Xinhua va Reuters.

Qayd etilishicha, zond Pekin vaqti bilan soat 6:23 belgilangan qo'nish zonasida yetib kelgan. Qurilmaning maqsadi va vazifasi Oy yuzasidan toshlar va tuproqlarni ajratib olish va namunalarni yetkazishdir.

Qo'nish Queqiao-2 sun'iy yo'ldosh-retranslyatori ko'magida amalga oshirildi, deya ta'kidladi Xitoy milliy koinot ma'muriyati (CNSA).

Chang'e-6 fazoviy qurilmasi 3-may kuni ishga tushirilgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.