Bu kabi uchrashuvlarda ko'plab fuqarolarning murojaatlari joyida hal etib berildi.
Termiz tumani Bunyodkor mahallasida bo'lib o'tgan sayyor qabul chog'ida D.O'rinova uyining tom qismidan chakki o'tayotgani, yomg'ir yoqqanda uyining old qismi loy bo'lib ketishi oqibatida ko'chaga chiqishning ham imkoni qolmasligi va xonadonining atrofini o'rash uchun amaliy yordam berishni so'rab murojaat qilgandi.
Federatsiya raisi J.Sarimsoqov qo'llab-quvvatlovi bilan o'sha kunning o'zidayoq D.O'rinova uyi atrofiga shag'al to'kib berildi.
Shuningdek, keyinchalik uyni qaytadan ta'mirlab berish va'da qilingan edi. Yaqinda ana shu uy qayta ta'mirdan chiqarildi.