Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “L.Z.” fermer xo'jaligi ish yurituvchisi A.T. 9 nafar fuqaroga xo'jalikning jami 54 sotix sug'oriladigan yer maydonini egalik qilish huquqini beruvchi qaror chiqartirib berishga ishontirib, 46,5 million so'mga sotib yuborganligi aniqlandi

Shuningdek,  fuqaro T.A. o'zboshimchalik bilan egallangan 6 sotix yer maydonida uy uchun poydevor ham qurgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o'z boshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.