Tadbirda fuqaro M.D. Parkent tumani, “Boʻston” massivi hududidan “B.J.” fermer xoʻjaligiga ijara shartnomasi asosida uzoq muddatga berilgan 5,5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro R.ga 100 mln soʻm evaziga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.