Лого Лого-пв-уз

    Fermerlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi

    Hukumat 23 Mart 2023 825

    Dala va kollektor-drenaj atroflaridagi yerlardan unumli foydalanish vazifasi qoʻyildi.

    Birgina Sirdaryoda qariyb 4 ming gektar bunday yerlar mavjudligi aniqlangan. Boshqa hududlarda ham dala chetlarida va kollektor-drenaj atroflaridagi qoʻshimcha 50 ming gektar maydondan samarali foydalanish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

    Tuman hokimlariga dala va kollektor-drenaj atrofidagi yerlarni fermer xoʻjaliklari oʻz ishchilari va ehtiyojmand aholiga oʻn yilga ikkilamchi ijaraga berishni tashkil qilish topshirildi.

    Bunda, fermerlarga oʻrdak, tovuq va kurka boqishga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 3 yilga 14 foizli kredit beriladi.

    Dala chetlariga uzum koʻchatlari va kadi urugʻlarini, tut koʻchatlarini ekish, parranda va asalari uyalarini yetkazib berish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.