Fernanda Errera Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi

    Sport 18 Iyun 2025 601

    Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, ayollar oʻrtasida sablya dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi.

    Sportchi final yoʻllanmasi uchun kechgan murosasiz bahsda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori yaponiyalik Misaki Emuraga 13:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.

    Qayd etish joiz, qozogʻistonlik Aygerim Saribay bilan kechgan chorak final bellashuvida 8:14 hisobi qayd etilayotgan paytda Errera ajoyib kambek amalga oshirib, yakunda 15:14 hisobida gʻalabani ilib ketdi.