Unga ko'ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 16,1 foiz va Sirdaryo viloyatida – 13,9 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog'iston – 9,1 foiz va Xorazm viloyatida – 10,7 foiz sezilgan.
So'rovnomada qatnashganlarning katta qismi benzin va yoqilg'i hamda yo'lkira va tashish xizmatlarini narxlarida yuqori o'sish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar sifatida qayd etgan.
Bunga fevral` oyining oxiri va mart oyining boshlarida butun respublika bo'ylab gaz etishmasligi sababli metan yoqilg'i quyish shoxobchalarining to'liq yopilishi yoki faoliyatining cheklanishi ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.








