Mazkur “feyk” veb-sayt orqali “UzCard Investment” loyihasi doirasida milliy bank xizmatlarining faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi, buning uchun foydalanuvchilarning shaxsiga oid va bank plastik kartasi maʼlumotlari, telefon raqamini hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlari talab etiladi.

Natijada, katta mablagʻga ega boʻlish istagida boʻlgan foydalanuvchi tasdiqlash kodini “feyk” resursga kiritishi bilan internet-firibgar tomonidan bank plastik kartasini boshqarish huquqini qoʻlga kiritilishiga va undagi mablagʻlarni noqonuniy ravishda egallanishiga shart-sharoit yaratadi.

Shu sababli, barcha internet foydalanuvchilarini, ayniqsa UZKARD toʻlov tizimi mijozlarini mazkur “feyk” veb-saytning noqonuniy faoliyati toʻgʻrisida ogoh boʻlishlarini, toʻlov tizimlaridan foydalanayotganlarida esa, ularning rasmiy veb-saytlarida taqdim etilgan xizmatlarga murojaat etishlarini soʻrab qolamiz.

Ogoh boʻling! Internet-firibgarlari tomonidan yaratilgan soxta veb-saytlarga kirib, ularning oson daromad topish toʻgʻrisidagi aldovlariga ishonib qolmang, deya ogohlantiradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.