FIDE dekabr oyi uchun 10 nafar yetakchi shaxmatchilar roʻyxatini eʼlon qildi

    Sport 25 Dekabr 2023 814

    Roʻyxatda ikki oʻzbekistonlik ham bor

    Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) dekabr oyi uchun 10 nafar yetakchi shaxmatchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

    Roʻyxatni 2023-yilda boʻlib oʻtgan musobaqalaridagi munosib ishtiroki sabab amerikalik Fabiano Karuana 118,61 ball bilan boshlab bergan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda Dommaraju Gukesh (87,36), Anish Giri (84,31) va Uesli So (83,40) qayd etilgan.

    Oʻzbekistonlik shaxmat ustalari Nodirbek Abdusattorov yil davomidagi xalqaro nufuzli musobaqalarda koʻrsatgan natijalariga koʻra, 54,63 ball jamgʻargan va FIDEning ushbu reytingida 8-oʻrinni band qilgan. Javohir Sindorov 46,25 ball bilan kuchli oʻntalikni yakunlashga muvaffaq boʻlgan.