O'zbekistonda futbolni ommalashtirish yo'lida olib borilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida FIFA bosh kotibi Fatma Samura boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon bugun Toshkent xalqaro aeroportida O'FA rahbariyati tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida FIFA bosh kotibi mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuv o'tkazib, bir qator loyihalar bo'yicha muzokaralar o'tkazishi kutilmoqda.

