FIFA rasmiy sayti bugun milliy jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, Braziliya hamon birinchi oʻrinda. Ikkinchi oʻrinda Belgiya milliy jamoasi bormoqda. Kuchli uchlikni Argentina band etib turibdi.
Reytingda Osiyo jamoalarini Eron boshqarib bormoqda. Keyingi oʻrinlarni Yaponiya va Janubiy Koreya egallagan. Namanganda oʻtgan Osiyo Kubogi saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etgan mamlakatimiz milliy jamoasi 6 pogʻona yuqorilab, 77-oʻrindan joy oldi.