Italiyada  chiqadigan Corriere dello Sport gazetasining yozishicha, FIFA futbol oʻyinlarining birinchi va ikkinchi boʻlimga qoʻshib beriladigan daqiqalar miqdorini koʻpaytirishni rejalashtirmoqda. Mazkur reja amalga oshsa, ayrim hollarda oʻyinlar vaqti 100 daqiqadan ham uzoqroq davom etadi.

Yaqinda Italiyaga tashrif buyurgan FIFA prezidenti Janni Infantino bunday gʻoya koʻrib chiqilayotganini tasdiqlagan.

Bu oʻzgarish joriy yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan  jahon chempionatida sinovdan oʻtkazilishi mumkin. Lekin bunga Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashining (IFAB) roziligi kerak.