Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Safari chogʻida Infantino Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qiladi. Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishadi.
Shuningdek, u ertaga, 8-sentyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini tomosha qiladi.
Finalda Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.









