Oktabr oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy termasi reytingda ikki pogʻona koʻtarilib, 73-oʻrinni egallali. Srechko Katanes shogirdlarining Osiyo qitʼasidagi natijasi esa oʻzgarmagan – 10 oʻrin.
Reytingda kuchli oʻnlikda ham oʻzgarish yoʻq. Argentina hamon birinchi oʻrinda bormoqda. Fransiya ikkinchi, Braziliya uchinchi oʻrinda. Keyingi joylarni Angliya (4), Belgiya (5), Portugaliya (6), Niderlandiya (7), Ispaniya (8), Italiya (9) va Xorvatiya (10) band etgan.
Osiyo jamoalari orasida Yaponiya peshqadam –18-oʻrin. Qitʼada top-oʻnlikdan Eron (21), Janubiy Koreya (24), Avstraliya (27), Saudiya Arabistoni (57), Qatar (61), Iroq (68), BAA (69), Ummon (72) va Oʻzbekiston (73) joy olgan.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, milliy jamoamiz 2006-2007-yilda FIFA reytingidagi eng yaxshi natijaga erishib, 45-oʻrinni egallagan.