JCH-2022 finalidan keyin taniqli oshpaz Nusret Goʻkche maydonga tushib, chempionlar bilan rasmga tushgandi.
Xabarlarga koʻra, unda buning uchun hech qanday ruxsat boʻlmagan. FIFA ushbu holat boʻyicha pozitsiyasiga oydinlik kiritdi va qoidalar hali ham oʻz kuchidaligini maʼlum qildi.
Unga koʻra, JCH bosh sovriniga gʻolib oʻyinchilar va murabbiylar shtabidan boshqa hech kim tegishi mumkin emas. Bundan tashqari, Nusret FIFA hamkori ham hisoblanmaydi va u bilan reklama shartnomalari tuzilmagan.
Shu bilan birga, sinchkov muxlislar Janni Infantino ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida turkiyalikka obuna boʻlganini payqashdi.
Nusret Goʻkchening oʻzi esa boʻlib oʻtgan vaziyat uchun hech qanday jazoga tortilmasligi aytilmoqda.
Bosh sovriniga gʻolib oʻyinchilar va murabbiylardan boshqa hech kim tegishi mumkin emas.