FIFA U-17 Jahon chempionatiga qurʼa tashlash sanasi maʼlum

    Sport 13 May 2025 1694

    FIFA 2025-yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionati final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻyicha maʼlumot taqdim etdi.

    Qayd etilishicha, tadbir shu yilning 25-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Doha shahrida boʻlib oʻtadi.

    Mundialda ishtirok etuvchi 48 jamoa 4 ta savatchaga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 2-savatchadan oʻrin olgan.

    1-savatcha

    • Qatar (musobaqa mezboni)
    • Braziliya
    • Fransiya
    • Mali
    • Germaniya
    • Meksika
    • Argentina
    • Angliya
    • Yaponiya
    • Paragvay
    • AQSH
    • Senegal

    2-savatcha

    • Koreya Respublikasi
    • Marokash
    • Oʻzbekiston
    • Italiya
    • Belgiya
    • Yangi Zelandiya
    • Chili
    • Venesuela
    • Xorvatiya
    • Kolumbiya
    • Gonduras
    • Burkina-Faso

    3-savatcha

    • Kosta-Rika
    • Tojikiston
    • Panama
    • Indoneziya
    • KXDR
    • KotʼD-Ivuar
    • Tunis
    • Yangi Kaledoniya
    • Kanada
    • JAR
    • Avstriya
    • Gaiti

    4-savatcha

    • BAA
    • Portugaliya
    • Chexiya
    • Irlandiya
    • Shveysariya
    • Zambiya
    • Misr
    • Uganda
    • Boliviya
    • Saudiya Arabistoni
    • El-Salvador
    • Fiji

    Maʼlumot oʻrnida, mazkur musobaqa joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar mamlakatida boʻlib oʻtadi. 12 guruhda dastlabki ikki oʻrinni egallagan 24 jamoa va eng yaxshi 8 ta 3-oʻrin sohiblari 1/16 final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.