FIFA yangi turnir tashkil etilganini e'lon qildi

    Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o'zining rasmiy saytida 2024-yildan boshlab FIFA qit'alararo kubogi deb nomlanadigan klublar o'rtasida yangi turnir o'tkazilishini haqida xabar berdi.

    Musobaqalar bir yilga bir marta o'tkaziladi. Turnirda barcha konfederatsiyalar chempionlari ishtirok etadi. Final o'yinida UEFA Chempionlar ligasi g'olibi va boshqa konfederatsiyalar klublari o'rtasidagi qit'alararo pley-off g'olibi ishtirok etadi.

    Birinchi bosqichlar FIFA tomonidan klublar va konfederatsiyalar bilan kelishilgan holda rejalashtiriladi. Pley-off bosqichi 2024-yilning 14-dekabrida neytral hududda bo'lib o'tadi. Final 2024-yil 18-dekabrda o'tkaziladi, deb xabar beradi tengrisport.kz.