Koʻtarilgan shovqindan uy egalari sergaklanib, chiroqni yoqishganida devorni buzib kirgan kutilmagan mehmonga duch kelishgan. Er-xotin bu voqeani tasvirga olishga ham ulgurishadi: videoda fil oshxona javonlarini titkilayotgani, idishlarni tushirib yuborayotgani, qandaydir sousli yelim xaltani yegani tasvirlangan.
Uy egalarining aytishicha, bu fillar “tashrifi” bilan bogʻliq ilk holat emas. Chunki ular mamlakatning sharqiy qismida joylashgan milliy xiyobon yaqinida istiqomat qilishadi.