Yigʻilishda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari oʻrganilib, ular 3 toifaga ajratilgani, xususan, davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda koʻmagiga muhtoj yoshlar bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash zarurligi taʼkidlangan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida barcha davlat rahbarlari, xususan oliygoh rektorlari ham yoshlarga biriktirilib, bir qator ishlar tashkil etildi. Jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori Alisher Samadovga Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidan jami 37 nafar yosh (Sergeli MFYdan 6 nafar, Mashrab MFYdan 9 nafar, Tinchlik MFYdan 10 nafar, Chaqmoq MFYdan 8 nafar, Navqiron MFYdan 4 nafar) biriktirilgan.

Filial direktori mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar xonadonida boʻlib, ularning taklif va muammolarini tingladi hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatib, bandligini taʼminlash maqsadida oʻz tavsiyalarini berdi.