Filippin: suv toshqini oqibatida 17 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Filippinning Mindanao orolidagi suv toshqini va ko'chki oqibatida 17 kishi halok bo'ldi.

    “Biz 17 kishining o'lganini tasdiqlaymiz, to'rt kishi jarohatlangan. Sakkiz kishi bedarak yo'qolgan”, dedi milliy politsiya boshlig'i, general, kichik Benjamin Akorda.

    Suv toshqinlari tufayli 400 mingga yaqin mahalliy aholi vakillari uylarini tark etishga majbur bo'ldi, 82 mingga yaqini evakuatsiya markazlariga joylashtirildi, deb xabar beradi tass.ru.