Filippinda 20 dan ortiq kishi to'fon qurboniga aylandi

    Filippinda “Gayemi” super to'foni va suv toshqini oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo'ldi, kamida 15 kishi jarohatlandi.

    Filippin milliy politsiyasiga ko'ra, besh kishi bedarak yo'qoldi. Poytaxt hududida, shuningdek, mamlakat shimolidagi to'rtta viloyatda favqulodda holat e'lon qilindi.

    Aviatsiya ma'muriyati kuchli yomg'ir va shamol tufayli chorshanba va payshanba kunlari 150 ga yaqin ichki va xalqaro reyslar bekor qilinganini aytdi, deb xabar beradi report.az.