Filippinda festival vaqtida 45 kishi issiq havo tufayli hushidan ketdi

    Filippinning Sharqiy Negros viloyatidagi festivalda qatnashgan 45 ga yaqin raqqosa va tomoshabin haddan tashqari issiq havo tufayli hushidan ketishdi.

    Festivalga tashrif buyurganlarning ko'pchiligi raqs dasturi boshlanishidan oldin ham issiq havo tufayli o'zini yomon his qilgan. Qayd etilishicha, barcha jabrlanganlarga tez yordam ko'rsatilgan.

    Shu hafta boshida Filippinda haddan tashqari issiq havo kuzatildi. Ayrim viloyatlarda havo harorati Selsiy bo'yicha 47 darajagacha ko'tarilib, maktablar dars mashg'ulotlarini to'xtatishga majbur bo'ldi, deb xabar beradi report.az.