Samolyot Manila aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagida yonib ketgan, keyin portlash sodir boʻlgan, deydi Rappler portali.
Mahalliy matbuotning yozishicha, samolyot bortida olti nafar yoʻlovchi (ularning orasida Kanada fuqarosi ham boʻlib, u Yaponiyaga davolanishga ketayotgan) va ikki nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Xabarda aytilishicha, ularning barchasi halok boʻlgan.