Yer silkinishlari shanba kuni soat 22:37 da  yuz berdi. Kechasi 600 dan ortiq zilzila sodir bo'ldi. Yevropa O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko'ra, zilzilaning kuchi 6,5 magnitudaga yetgan.

Mamlakat hukumati sunami hamda bir qancha viloyatlarning qirg'oqbo'yi hududlaridan odamlarning evakuatsiya qilinishi haqida e'lon qildi.

Zilzila oqibatida uylarga zarar yetgan. Davao-del-Norte viloyatida devorning qulab tushishi oqibatida bir ayol halok bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.