Filippindagi “Kalmaegi” to'foni qurbonlari soni 188 nafarga yetdi

    Shu hafta boshida Filippinga yopirilgan “Kalmaegi” tayfuni qurbonlari soni 188 nafarga etdi, deb xabar berdi PNA agentligi Milliy tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish kengashi ma'lumotlariga tayanib.

    Avvalroq 140 kishi qurbon bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

    Eng ko'p o'lim holatlari markaziy Sebu orolida qayd etilgan bo'lib, u yerda to'fon 139 kishining hayotiga zomin bo'lgan. Mamlakat bo'ylab to'qson olti kishi jarohat olgan va yana 135 kishi bedarak yo'qolgan. Umuman olganda, to'fon mamlakat bo'ylab sakkizta hududdagi 2,2 milliondan ortiq filippinliklarga ta'sir ko'rsatdi, bu esa bir necha yuz ming fuqaroni uylarini tark etishga majbur qildi, deb xabar berdi tass.ru.

    Agence France-Presse xabariga ko'ra, Sebu orolidagi shaharlar to'fon ta'siriga uchradi, ko'chalar kuchli yomg'irlar tufayli suv ostida qoldi. 53 ta shaharchada favqulodda holat e'lon qilindi. Filippin Prezidenti kichik Ferdinand Markos keyinchalik milliy falokat e'lon qildi.