Filippindagi “Trami” to'foni qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

    Filippindagi “Trami” tropik to'foni qurbonlari soni 20 kishiga yetdi, 4 kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda GMA News telekanali ma'lum qildi.

    Halok bo'lganlarning barchasi kuchli yomg'ir suv toshqiniga sabab bo'lgan Luson orolining janubidagi Bikol hududi aholisidir, dedi mahalliy politsiya. Filippin Milliy meteorologiya byurosi “Trami” epimarkazida shamol tezligi soatiga 85 kilometrga yetganini ma'lum qildi.

    To'fon bir necha o'n minglab odamlar hayotiga xavf solgani uchun ular uylaridan evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi report.az.