U atmosferada yonib ketdi, deya xabar beradi New Scientist.
Astronomlar 4-sentabr kuni ertalab Yerga yaqinlashib kelayotgan kattaligi bir metrgacha yetadigan asteroidni payqashdi. U AQShning Arizona shtatidagi rasadxona mutaxassislari tomonidan aniqlandi. Asteroid dastlab CAQTDL2 deb nomlandi, keyin esa 2024 RW1 deb o'zgartirildi. Uning tushish tezligi soniyasiga taxminan 17,6 kilometr yoki soatiga 63 360 kilometrni tashkil etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fazoviy obyektning qulashi aks etgan bir nechta videolar e'lon qilindi. Tasvirlar Filippin shimolida olingan, deb xabar beradi centralasia.media.