баннер
15 Mar 2025
09:40

    Finlyandiya Rossiya bilan chegarada devorni muddatidan oldin qurmoqchi

    Finlyandiya-Rossiya chegarasida taxminan 200 kilometr uzunlikdagi to'siq belgilangan muddatga nisbatan tezroq qurilmoqda.

    Rejalashtirilgan ishlarning katta qismi 2025-yilda yakunlanadi.

    Bu haqda Finlyandiya chegara xizmati rahbari Markku Xassinen ma'lum qildi.

    “To'siq qurilishi asosan shu yil yakunlanadi. Faqat ayrim qismlari 2026-yilda bitkaziladi, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi Yle. Ilgari to'siq qurilishi faqat 2026-yil oxirigacha yakunlanishi kutilgan edi, deyiladi portalda.

    2022-yil iyun oyida Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi hukumatning mamlakatni “gibrid tahdidlar”ga qarshi kurashishga tayyorlash maqsadida Rossiya bilan chegaradagi hududlarda to'siqlar o'rnatish rejasini e'lon qilgan edi. 2024-2026-yillar oralig'ida 200 kilometrga yaqin to'siqni qurish rejalashtirilgan edi. 2024-yilning mart oyida Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradagi devorni jadal qurish uchun 74 million yevro ajratishni taklif qildi, deb xabar beradi report.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech