Finlyandiyada dunyodagi eng katta qum batareyasi ishga tushiriladi

    Finlyandiyalik tadqiqotchilar sayyoradagi eng katta qum batareyasini ishlab chiqdilar. Batareya Porninen shahrida o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

    13 metr balandlikda va 15 metr kenglikda bo‘lgan ushbu Struktura yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega maxsus qum bilan to‘ldirilib, issiqlik uzatish uchun quvurlar bilan jihozlanadi.

    Texnologiyaning ishlash prinspi rezistorli isitishga asoslangan bo‘lib uning issiqlik quvvati 1 MVt bo‘ladi va qo‘shimcha ravishda u 100 MVt / soatgacha issiqlik energiyasini to‘playdi.

    Ishlab chiquvchilar rejasiga ko‘ra, struktura markaziy isitish tizimiga issiq havo yetkazib beradi.

    Xabarda taʼkidlanishicha mazkur batareya to‘liq energiya zaxirasi bilan qishda 7 kun, yozda bir oy turar-joy maydonini isitish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Shuni taʼkidlash kerakki, qum batareyasidan foydalanish uglerod chiqindilarini 70 foizga kamaytiradi. Ekologiyani asrab avaylash maqsadida tadqiqotchilar issiqlik taʼminotida moy, ko‘mir, yog‘och va boshqa narsalardan foydalanishni butunlay to‘xtatmoqchi.