Finlyandiyaning YeXHTdagi doimiy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 12 Oktabr 2023 1655

    Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Finlyandiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YeXHT) Doimiy vakili Vesa Hakkinen bilan uchrashdi.

    Muzokaralar chogʻida ikki davlatning YeXHT doirasidagi oʻzaro hamkorligi, shuningdek, tashkilot faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tomonlarning qarashlari yuzasidan fikr almashildi.

    TIV rahbari oʻrinbosari Finlyandiya vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.

    YeXHT doirasida “yashil iqtisodiyot” va “yashil energiya”, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani qayd etildi deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    Muloqot mobaynida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi ayrim masalalar ham muhokama etildi.