Aralash jang sanʼatining modern yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Firdavs Atamurodov -60 kg vazn toifasida finalga qadar yetib bordi.
Hal qiluvchi bahsda u tojikistonlik Mirzobek Umarovga magʻlub boʻlib, musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi.
Shu tariqa Firdavs Atamurodov Oʻzbekiston delegatsiyasiga Osiyo oʻyinlarida navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.