Firibgar pullarni kriptovalyutaga ayirboshlash yo‘li orqali o‘zlashtirgan

    Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi, 1990-yil tug‘ilgan fuqaro SH.SH. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan bir million so‘mga yaqin pullarini yechib olganini, bundan tashqari uning nomiga 3 500 000 so‘m miqdorda onlayn mikroqarz rasmiylashtirib, pullarni o‘zlashtirganini bildirgan.

    Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi, 1998-yil tug‘ilgan R.R. sodir etgani aniqlangan.

    R.R. ushbu jinoyatni zararli havolalar yaratib, telegramdagi kanallar orqali foydalanuvchilarga tarqatib, ularning bank kartalari maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan va pullarni o‘zlashtirib, telegramdagi botlar orqali kriptovalyutalarga ayirboshlab, o‘zlashtirib kelgani maʼlum bo‘ldi.

    R.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.