Afsuski, yetarlicha ball toʻplay olmagani sababli imtihondan yiqiladi.
Shundan soʻng, notanish bir kimsa unga oʻqishini tanishlari orqali koʻchirib berishini vaʼda berib, firibgarlik yoʻli bilan 4500 AQSH dollari miqdoridagi pulni qoʻlga kiritadi.
U.Jabborova firibgarga duch kelganini tushunib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi. Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ish jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudida koʻrib chiqildi va U.Jabborova foydasiga zarar toʻliq undirib berildi hamda firibgardan davlat foydasiga 25 million soʻm jinoiy jarima undirilishi belgilandi.
Mazkur sudning ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Sariosiyo tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, qarzdor D.Xushvaqtovdan belgilangan jarima miqdori undirilishi taʼminlandi.
Oʻz navbatida ushbu undirilgan pul mablagʻlarining teng yarmi kam taʼminlangan aholini qoʻllab quvvatlash maqsadida maxsus daftarlar jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Zuxriddin Mingtoʻrayev,
Byuroning Sariosiyo tuman boʻlimi boshligʻi