IIV huzuridagi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashi markazi yanada ogohlikka undaydi. Unda Samarqand viloyatining Poyariq tumanida roʻy bergan voqealar maʼlum qilinadi.

Samarqand viloyati Poyariq tumanida yashovchi 29 yoshli B.M. hamda 32 yoshli R.M.lar ariza bilan murojaat qildi.

Taʼkidlanishicha, “Telegram” messenjeridagi “Poyariq” nomli guruhda “nomaʼlum shaxs” oʻzini kunjara yem sotish bilan shugʻullanishini aytib, ularning ishonchiga kirgan. N.Sh. nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartasiga jami 4.700.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olganidan soʻng, telefon raqamini oʻchirib qoʻygan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati, Poyariq tumanida yashovchi 36 yoshli N.Sh. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan N.Sh.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Qonunga muvofiq, N.Sh. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.