Tadbirda fuqaro R.N. boshqa bir fuqaro O.ning Buxoro tumani, “Rabotiqalmoq” MFY hududidagi 8 sotix zaxiradagi boʻsh yer maydonini oʻziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 9 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.