Buyuk Britaniyaning texnologiya vaziri Ien Myurrey soʻzlariga ko‘ra, tashkilot hukumatga bir nechta sotuvchilar tomonidan joylashtirilgan reklamalarhaqida xabar bergan.
Gap kamida uchta maʼlumot toʻplamiga taalluqlidir. Ulardan birida barcha 500 ming koʻngillining maʼlumotlari boʻlishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.
UK Biobank vakillari maʼlumotlarning tarqatilishida ishtirokchilarning ismlari, manzillari, telefon raqamlari yoki aloqa maʼlumotlari koʻrsatilmaganligini aniqladilar. Biroq, eʼlon qilingan maʼlumotlar sogʻliq holati va ilmiy tadqiqotlarda qoʻllaniladigan boshqa biotibbiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliq.
Britaniya rasmiylari bozor operatori va Xitoy hukumati bilan bogʻlanishdi. Britaniya tomonining soʻzlariga koʻra, reklamalar tezda olib tashlangan va maʼlumotlar sotib olinganligi haqida aniq dalillar yoʻq.
Loyiha rahbari Rori Kollinz hodisa uchun ishtirokchilardan uzr soʻradi va maʼlumotlarni himoya qilish tizimlari kuchaytirilishini aytdi. Ehtiyot chorasi sifatida tadqiqot platformasiga kirish vaqtincha cheklab qoʻyildi. Fayllarni yuklashga qoʻshimcha cheklovlar ham joriy etildi.
UK Biobank dunyodagi eng yirik biotibbiyot maʼlumotlar bazalaridan biri boʻlib, butun dunyo olimlari tomonidan sogʻliq va turmush tarzi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun foydalaniladi.