Fuqaro hech kimga ishonchnoma bermaganini aytgan. Keyin notarius (firibgar) unga ushbu maʼlumotni taqdim etish uchun ishonch (soxta) telefon raqamini aytgan.
Bunga ishongan jabrlanuvchi koʻrsatilgan telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va moliyaviy nazorat xodimlari sifatida tanishtirgan firibgarlar bilan muloqotni davom ettirgan.
Firibgarlar fuqaroga uning jamgʻarmalari xavf ostida ekanligi shuningdek, u zudlik bilan ularni “bank seyfiga” oʻtkazish kerakligini aytishgan. Jabrlanuvchi firibgarlarning aldovlariga ishonib, oʻnga koʻrsatilgan bank hisob raqamlariga 29 mln. rubldan (4.039.323.522 soʻm) ortiq pul mablagʻlarini oʻtkazgan.