Firibgarlar hokimlik ixtiyoridagi xonadonni rasmiylashtirib berishni vaʼda qildi

    Oldin olgan 5 400 AQSH dollaridan 200 AQSH dollarini qaytargan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.A (muqaddam sudlangan) va D.M. oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.Oʻ.ga 7 000 AQSH dollari evaziga Fargʻona shahar, “Qirguli” mavzesidagi shahar hokimligi ixtiyoridagi xonadonni olib berishni vaʼda qilishib, muqaddam 5 400 AQSH dollarini olganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 200 AQSH dollarini qaytargan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.